XVJ O‘zbekiston iqtisodiyoti 2026-yilda 6,8 foizga o‘sishini prognoz qilmoqda
XVJ O‘zbekiston YAIM 2026-yilda 6,8 foizga o‘sishini prognoz qilmoqda. Yaqin Sharqdagi urush fonida noaniqlik darajasi yuqori saqlanib qolayotgani hisobiga iqtisodiy pasayish xavfi ham bor. Urushning ta’siri O‘zbekistonga asosiy hamkor davlatlar bilan savdo aloqalari va xomashyo narxlari o‘zgarishi orqali seziladi.