“Ishonuvchan odamman desangiz, kartangizni birorta ham mobil ilovaga yuklamang” — Markaziy bank vakili
Markaziy bank raisi o‘rinbosari Nodirbek Saydullayev ishonuvchan odamlarga plastik kartalarini birorta ham mobil ilovaga ulamaslikni tavsiya qildi. U yirik xaridlarni naqdsizlashtirishda kiberxavfsizlik masalasiga to‘xtalib, shaxsiy ma’lumotlar berilmasa, kartadagi pullarni hech kim ololmasligini ta’kidladi.