“Shilqimlik uchun amaldagi jazo yetarli emas va juda formal” — PA rahbari o‘rinbosari
Shahvoniy shilqimlik uchun 5 sutkalik ma’muriy qamoq yetarli emas va juda formal jazo hisoblanadi, bu esa “jamoatchilikning katta noroziligiga” sabab bo‘lmoqda. Bu haqda jazoni kuchaytirish rejalarini izohlagan Prezident administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Nodira Hakimova gapirib o‘tdi.