O‘zbekistonda fevral oyida dollar kursi qanday o‘zgardi?
O‘zbekiston milliy valyutasi fevralni dollarga nisbatan 88,59 so‘mga mustahkamlanish bilan yakunladi va yil boshidagi pasayishni qisman qopladi. Kursning o‘rtacha kunlik tebranishi 0,21% ni tashkil etdi — bu o‘tgan yilning may oyida valyuta koridori kengaytirila boshlaganidan beri eng past ko‘rsatkichdir.