Migratsiya agentligi xorijga ishga ketish uchun to‘lov qilgan, ammo jo‘nab ketmagan fuqarolarga mablag‘larini qaytaradi
2023−2025-yillarda xorijga ishga yuborish xizmati uchun to‘lov qilgan, ammo ketmagan fuqarolar mablag‘larini qaytarib olishi mumkin. Buning uchun xorijdaish.uz orqali elektron ariza yuboriladi. Pullar tekshiruvdan so‘ng ko‘rsatilgan bank kartasiga o‘tkaziladi. Ariza 20-martgacha qabul qilinadi.