2025-yilda naqdsiz pul tushumlari banklarda 43 foizgacha, savdo va xizmatlar sohasida 48 foizgacha o‘sdi — Markaziy bank
To‘lovlarda raqamli usullar ulushi barqaror o‘smoqda. 2025-yilda naqdsiz tushumlar banklarda 43% gacha, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida 48% gacha o‘sdi. Bank kartalariga kirim qilingan mablag‘lar 1 496 trln so‘mgacha (2024-yilga nisbatan — +45%) ortdi, 279 trln so‘m mablag‘ (-23%) naqdlashtirib olindi.