Toshkentdagi mehmonxonada ayol hamkasbini yostiq bilan bo‘g‘ib, jinsiy aloqa qilishga uringan erkak 5 sutkaga qamaldi
Musobaqada qatnashish uchun Toshkentga yuborilgan Namangandagi banklardan birining erkak xodimi mehmonxonada ayol hamkasbiga shilqimlik qildi. Jabrlanuvchining aytishicha, u hamkasbining jinsiy aloqada bo‘lish taklifiga rozi bo‘lmagach, erkak uni yotqizib, yostiq bilan bo‘g‘gan. Huquqbuzar 5 sutkaga qamaldi.