O‘zbekiston aholisi 2025-yilda banklarga valyutani sotib olganidan ko‘ra faolroq sotdi — MB
2025-yilda aholi banklarga $21,7 mlrd miqdorida valyuta sotdi, $12 mlrd valyuta sotib oldi. Jismoniy shaxslar valyuta operatsiyalarining ijobiy saldosi ($9,7 mlrd) ichki valyuta bozorida qo‘shimcha taklif yaratdi. Xalqaro pul o‘tkazmalari aholi tomonidan valyuta sotuvining asosiy manbai bo‘ldi.