O‘zbekistonda “kvartplata”dan qarzdorlar uchun elektrga to‘lov qilish cheklanadi
1-iyuldan majburiy to‘lovlarni oyning 15-sanasigacha to‘lamagan uy egalaridan elektr energiyasi uchun to‘lovlarni qabul qilish to‘xtatiladi. Kechiktirilgan har bir kun uchun penya hisoblanadi: jismoniy shaxslarga — 0,1%, yuridik shaxslarga — 0,4%. “Kvartplata” faqat bank kassalari yoki karta orqali to‘lanadi.