O‘zbekiston reytingi yaxshilangani tufayli kreditlarni pastroq stavkalarda jalb qila boshladi — IMV
Xalqaro agentliklarning O‘zbekiston suveren reytingini yaxshilashi tashqi qarz olish xarajatlari pasayishiga olib keldi, deb xabar berdi Iqtisodiyot vazirligi. Kreditlar stavkasi 1−1,5 foiz punktiga qisqardi, bu tashqi qarzga xizmat ko‘rsatish xarajatlarini yiliga 250−300 mln dollarga kamaytiradi.