2026-yilda ijtimoiy sug‘urta hisobidan dekret va kasallik nafaqalariga 3,35 trln so‘m yo‘naltiriladi
1-yanvardan yangi ijtimoiy sug‘urta tizimi ishga tushdi: xususiy sektordagi ayollarga homiladorlik nafaqalari jamg‘arma orqali to‘lanadi, barcha ish bilan ta’minlanganlarga kasallik nafaqalari 1-iyuldan amal qiladi. Bunga 3,35 trln so‘m ajratiladi. Bu biznesni xodimlarni rasmiylashtirishga rag‘batlantirishi kerak.