O‘zbekistonda uy-joylarni foydalanishga topshirish “Turar joy” tizimiga ulanadi
O‘zbekistonda quruvchilar uchun yangi talablar joriy etiladi: ko‘p kvartirali uylar “Turar joy” tizimida avtomatik qayd etiladigan kadastr pasportiga ega bo‘lsa va quyosh panellari binoning umumiy mulkiga o‘tkazilsagina foydalanishga topshiriladi. Hokimlarning UJKX bo‘yicha o‘rinbosarlari tayinlanadi.