Toshkent metrosida 2025-yilda tashilgan yo‘lovchilar soni 20 millionga oshdi
2025-yilda Toshkent metrosi salkam 290 million yo‘lovchi tashidi, bu 2024-yilga qaraganda 20 million kishi yoki 7,4 foizga ko‘p. Eng ko‘p yo‘lovchi oqimi “Chilonzor”, “Buyuk ipak yo‘li” va “Beruniy” bekatlarida kuzatilgan. Deyarli 90 foiz kishi yo‘l haqini elektron to‘lov asosida amalga oshirgan.