O‘zbekistonda noyabrda 1,16 mlndan ortiq muhtoj oila 1,2 trln so‘mlik bir martalik yordam oldi
Noyabrda O‘zbekistonda 1,16 mlndan ortiq muhtoj oila 1,2 trln so‘mlik bir martalik yordam puli oldi, bu ularga qishga ko‘mir zaxirasi to‘plash, elektr energiyasi va gazga to‘lash imkonini berdi. 2025-yil mayidan beri 560 mingdan ortiq ehtiyojmand oila me’yordan ko‘p elektr va gaz iste’moli uchun kompensatsiya oldi.