“O‘zbekneftgaz” raisi qator neft bazalari rahbarlarini ishdan oldi
“O‘zbekneftgaz” kompaniyasi raisi Abdug‘ani Sanginov Termiz, Jizzax, Maroqand va Kuchlik neft bazalari rahbarlarini yo‘l qo‘ygan jiddiy kamchiliklari uchun lavozimlaridan ozod etdi. U bazalar faoliyatini sog‘lomlashtirish, moliyaviy-intizomiy holatni yaxshilash kerakligini ta’kidladi.