Akmal Shukurovning jazosini yengillashtirgan uch sudyaning vakolatlari tugatildi
Oliy sud kengashi Akmal Shukurovning (u mart oyida Boris Avakyanni qattiq kaltaklagan) jazosini yengillashtirgan sudyalarning vakolatlarini muddatidan oldin tugatdi. Ular — Muxtarama Turgunova, Odilbek Ilxomjonov va Mirziyod Abidov. Gazeta ularning ismlari sud e’lon qilgan qarorda yashirilganini yozgandi.